Qatar va BAA 6 yil o‘tib, diplomatik aloqalarni tikladi
Siyosat
2017-yil Birlashgan Arab Amirliklari Dohani “terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda” ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzgan edi.
Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar ikki davlat diplomatik departamentlarini qayta ochishga qaror qildi. BAA TIV matbuot xizmati xabar berishicha, Amirlik 19-iyundan Dohadagi elchixonasini, Qatar esa Abu-Dabidagi elchixonasini va Dubaydagi konsullik faoliyatini tiklamoqda.
“Bu qaror 2021-yilda Al-Ula shahrida boʻlib oʻtgan Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi sammitida erishilgan kelishuv asosida qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
2017-yilning 5-iyunida Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Misr Doha bilan diplomatik munosabatlarini uzganini eʼlon qilgan va Qatarni “terrorchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlash”da ayblab, unga qarshi sanksiyalar joriy qilganini eʼlon qilgan edi. Qatar bu ayblovlarni qat'iyan rad etgan.

Powered by Froala Editor