Qatarning jonbozligi. G'azoda vaziyat qanday? Isroil urushsiz falastinliklarni chiqarib yubormoqchimi?!

Dunyo

Qatar, AQSh va Misr muzokarachilari G‘azodagi sulhni himoya qilish uchun Qohirada aloqa markazini boshqarishmoqda. Bu orada Donald Tramp tinchlik sulhi uzoq davom etishiga ishonchi yo‘qligini aytdi.

Qatarning jonbozligi. G'azoda vaziyat qanday? Isroil urushsiz falastinliklarni chiqarib yubormoqchimi?!
Sulh buzilishlari haqida xabarlar allaqachon kelib tushgan. G‘azo shifokorlari dushanba kuni sakkiz kishi Isroil o‘qlari tufayli shifoxonaga olib kelinganini ma’lum qildi.

Trampning vakili urushni to‘xtatish uchun, muzokaralarga astoydil hissa qo‘shganidan so‘ng kelishuv uchun o‘zini mas’ul deb hisoblaydi. Ammo dushanba kuni voqea yuzasidan bu sulh davom etadimi, degan savolga, “Bu bizning urushimiz emas. Bu ularning urushi,” deb jurnalistlarga javob qaytardi.

“Agar Tramp bo‘lmaganida, bu kelishuv hozir mavjud bo‘lmasdi. Shuning uchun biz ushbu ma’muriyatning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilmoqdamiz,” dedi Qatarning bosh vaziri maslahatchisi va tashqi ishlar vazirligi vakili Majid al-Ansoriy.

Sulhning birinchi bosqichi olti hafta davom etishi rejalashtirilgan. Yanvar oyi boshlarida yanada murakkab ikkinchi bosqich bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

Ikkala tomonning bir-biriga ishonchi kam bo‘lgani sababli, aloqa markazi sulhning buzilishlar haqidagi ayblovlar tufayli buzilishini oldini olish maqsadida, 24 soatlik aloqa chiziqlari buzilishlari va boshqa masalalar bo‘yicha kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga mo‘ljallangan aloqa markazi tashkil etilgan.

“Buzilish ehtimoli haqida qo‘ng‘iroqlar qabul qildik, ularni darhol hal qildik va sulh o‘z kuchida qoldi,” dedi Ansoriy.  U sulh kelishuvlarining nozikligi sababli, xabar qilingan aniq buzilishlar bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.

Kelishuvning bir qismi sifatida G‘azoga yordam jo‘natmalari allaqachon boshlanib, qatarliklar yetkazib bergan 900 dan ortiq yordam yuk mashinasi va 12 500 litr yoqilg‘i yakshanbadan beri chegaradan o‘tdi.

Jo‘natmalar 15 oy davom etgan urushda vayron bo‘lgan hududda aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, bu yerda odamlar och va tibbiyot tizimi ishdan chiqqan. Qayta qurish ishlari kelishuvning keyingi bosqichlarida boshlanishi kutilmoqda.

Trampning tranzitsion jamoasi AQSh jurnalistlariga qayta qurish paytida 2 million falastinlikni boshqa joyga ko‘chirishni muhokama qilayotganini, buning uchun Indoneziya ehtimoliy manzil sifatida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan.

Bunga Qatar hech ikkilanmasdan “qizil chiziq” tortdi. Taklifga javoban “Hech qanday ko‘chirish yoki qayta bosib olish bilan yakunlanadigan rejani” qo‘llab-quvvatlash mumkin emas. Hozir biz kelishuvni amalga oshirish, ikkinchi bosqichdan o‘tish va G‘azoda barqaror tinchlikka erishish bilan shug‘ullanmoqdamiz” deydi Qatarlik muzokarachi Ansoriy. Bu haqida The Guardian xabar bermoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing