O‘zbekiston Hindistonda bo‘lib o‘tgan boks Jahon kubogida 13 ta medal qo‘lga kiritdi

Sport

O‘zbekiston bokschilari Hindistonda o‘tgan Jahon kubogida 13 ta medal qo‘lga kiritib, umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi va to‘qqiz finalning to‘rttasida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston Hindistonda bo‘lib o‘tgan boks Jahon kubogida 13 ta medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston bokschilari 14–20 noyabr kunlari Hindistonda World Boxing homiyligida o‘tgan Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. O‘zbekiston Boks federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa jami 13 ta medal — 4 oltin, 5 kumush va 4 bronza qo‘lga kiritdi.

Musobaqada 18 davlatdan 130 dan ortiq bokschi qatnashdi. O‘zbekiston sharafini 15 nafar sportchi — 9 erkak va 6 ayol himoya qildi.


Oltin medal sohiblari:

Asilbek Jalilov (50 kg),

Samandar Olimov (55 kg),

Javohir Abdurahimov (75 kg),

Halimjon Mamasoliyev (90+ kg).


Kumush medal egalari:

Jasurbek Yuldoshev (85 kg),

Nusratbek Tojirov (90 kg),

Farzona Fozilova (48 kg),

Aziza Zokirova (70 kg),

Oltinoy Sotimboyeva (81+ kg).


Bronza medal sohiblari:

Dilshod Abdumurodov (60 kg),

Adham Muxiddinov (65 kg),

Muhammadazizbek Ismoilov (70 kg),

Gulsevar G‘anieva (51 kg).


Jahon kubogi umumiy hisobida Hindiston 9 oltin, 6 kumush va 5 bronza bilan birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston esa ikkinchi o‘ringa joylashdi.

Federatsiya ayrim ayol sportchilar ishtirokidagi final janglarida hakamlar qarorlari bahsli bo‘lganini qayd etdi — xususan, Oltinoy Sotimboyeva va Gulsevar G‘anieva janglarida. Shunga qaramay, turnir ayollar terma jamoasi uchun muhim tayyorgarlik maydoniga aylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing