Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport
19 yoshli o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Hindistonning Goa shahrida o‘tgan Jahon Kubogida tarixiy g‘alabaga erishdi. U musobaqaning eng yosh chempioniga aylandi va 2026 yilgi Pretendentlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 26 noyabr kuni Hindistonning Goa shahrida yakunlangan shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogida g‘olib chiqdi. 19 yoshli shaxmatchi musobaqa tarixidagi eng yosh chempion bo‘ldi va Pretendentlar turniriga yo‘llanma oldi.
Finalda Sindarov xitoylik grossmeyster Vey Ini mag‘lub etdi. Ikki klassik partiya durang bilan yakunlandi, birinchi rapid-partiya ham g‘olibni aniqlamadi. Hal qiluvchi ikkinchi rapidda Sindarov qora bilan o‘ynab g‘alaba qozondi.
Har ikki finalchi — Sindarov va Vey I — 2026 yilgi Pretendentlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Sindarovning mukofot puli 120 ming dollarni tashkil etadi.
Uchinchi o‘rin uchun bahsda rossiyalik Andrey Esipenko Nodirbek Yakubboyevni mag‘lub etib, Pretendentlar turniriga yo‘llanma oldi.
Javohir Sindarov dunyodagi eng yosh grossmeysterlar qatoriga kiradi. 2022 yilda u O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Jahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan. Uning finaldagi raqibi, 26 yoshli xitoylik Vey I, 2014 yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi.

Powered by Froala Editor