Qirg‘iziston maktablari va bolalar bog‘chalarida shakar iste’moli qisqartirildi
Dunyo
Qirg’iziston ta’lim va fan vazirligi bolalar tomonidan shakarni ortiqcha iste’mol qilishni kamaytirish uchun choralar ko‘rmoqda. Bu haqida Jo‘qorg‘i Kengash deputati Dastan Bekeshev ma’lum qildi.
Uning vazirlikka tayanib bergan ma’lumotlariga ko‘ra, maktablar va bolalar bog‘chalarida shakarni kunlik iste’mol qilish me’yori 50 grammdan 30 grammgacha tushirildi. Maktab oshxonalarida choy o‘rniga mahalliy quritilgan mevalardan shakarsiz kompot taklif etilmoqda.
Deputatning qo‘shimcha qilishicha, shakarni ortiqcha iste’mol qilishni kamaytirish maqsadida o‘quvchilar va ularning ota-onalariga to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgatadigan "Yosh bog‘bon" nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.
Ta’lim vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun "Sog‘lom turmush tarzi asoslari" dasturi maktablarga joriy etilgan. Shuningdek, ta’lim muassasalari oshpazlarini tayyorlash bo‘yicha onlayn kurs ochilgan.
Avvalroq Dastan Bekeshev davlat organlariga, ayniqsa ta’lim muassasalarida keng qamrovli antishekar kampaniyasini o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qilish niyatida ekanligini bildirgan edi.

Powered by Froala Editor