Qirg‘iziston Rossiya bilan aloqalar sabab YI sanksiya tahdidlariga javob berdi

Iqtisodiyot

Qirg‘iziston rasmiylari Yevropa Ittifoqida muhokama qilinayotgan ehtimoliy cheklovlarga munosabat bildirib, mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishini va Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni saqlab qolishini ta’kidladi.

Qirg‘iziston Rossiya bilan aloqalar sabab YI sanksiya tahdidlariga javob berdi
Qirg‘iziston Yevropa Ittifoqida muhokama qilinayotgan ehtimoliy sanksiyalar yuzasidan tashvish bildirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu cheklovlar Bishkekning Rossiya bilan moliyaviy va savdo aloqalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Edil Baysalov Euronews’ga bergan intervyusida Rossiya Qirg‘iziston uchun muhim savdo-iqtisodiy hamkor bo‘lib qolayotganini, shuningdek, yuz minglab qirg‘iz fuqarolari aynan shu mamlakatda mehnat qilayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, pul o‘tkazmalari milliy iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga ega.

Baysalov ehtimoliy cheklovlar YI va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, rasmiy Bishkek xalqaro majburiyatlarga sodiq qolishini va Yevropa Ittifoqi bilan muloqotni davom ettirishini bildirdi.

Birinchi vitse-rais Daniyar Amangeldiyev esa Qirg‘iziston allaqachon Bryussel bilan muzokaralarni boshlaganini aytdi. U mamlakat ikki tomonlama foydalanishga ega tovarlar eksportiga cheklovlar joriy etganini va sanksiyalar uchun asos yo‘qligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing