Qirg‘iziston un va bug‘doy eksportini taqiqladi

Iqtisodiyot

Qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxini barqarorlashtirish uchun qabul qilingan.

Qirg‘iziston un va bug‘doy eksportini taqiqladi
Qirg‘iziston un va bug‘doy eksportini taqiqladi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Qirg‘iziston respublikasidan ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini vaqtincha taqiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

“Qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxini barqarorlashtirish uchun qabul qilingan”, deyiladi bu haqdagi xabarda.

Taqiq un (bug‘doy uni) hamda g‘allaga taalluqli bo‘lib, u 6 oy davomida amal qiladi. Qaror bugun, 25 sentyabrdan kuchga kirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing