Qo‘ng‘ratbay Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi
O'zbekiston
Professor Sharipov Qo‘ng‘ratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qo‘ng‘ratbay Sharipov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Endilikda u Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rahbarlik qiladi.
Ushbu tayinlov ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi tuzilmasi o‘zgarganidan keyin amalga oshirildi. Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini yagona Ta’lim va fan vazirligiga birlashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Shu tariqa, Qo‘ng‘ratbay Sharipov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidagi rahbarlik lavozimidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimiga o‘tdi.

Powered by Froala Editor