Uzbekistan Airways Qo‘qon shahrida yangi aeroport ochdi

O'zbekiston

Aviakompaniya rahbariyati va Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari Transport vazirligi bilan birgalikda Qo‘qon shahrida rekonstruksiya qilingan terminal faoliyatini ishga tushirishdi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekistan Airways Qo‘qon shahrida yangi aeroport ochdi
Aeroportning ochilishi doirasida Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia aviakompaniyasi Toshkentdan Qo‘qonga ilk parvozini amalga oshirdi.

Yaqin kunlarda Toshkent-Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing