Qo'shma Shtatlar Zelenskiy rejimiga barham berishni istamoqda

Dunyo

Qo'shma Shtatlarda Ukraina bo'yicha ko'rib chiqilayotgan yangi konsepsiya Kiyevda iqtisodiy islohotlar o'tkazish va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rejimiga barham berishni nazarda tutadi.

Qo'shma Shtatlar Zelenskiy rejimiga barham berishni istamoqda
Yangi konsepsiyaga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyga ham yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda amerikalik jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh “Substack” platformasidagi blogida Amerika ma’muriyatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

“Yangi konsepsiya [Ukraina taraqqiyoti] ancha murakkabdir. [Amerikalik] amaldordan olingan maʼlumotlarga koʻra, bu Zalujniyni muttasil qoʻllab-quvvatlashni va Zelenskiy rejimining tugatilishiga olib keladigan islohotlarni oʻz ichiga oladi”, — deb yozmoqda publitsist.

Xershning so'zlariga ko'ra, Ukrainani rivojlantirishning yangi strategiyasini ishlab chiqish "maslahatlashish hamda vatanparvar va realist ukrainaliklarga ta’lim berishni taqozo etadi". "Biroq, bunday islohotlar tufayli ma'lumotlar matbuotga sizib chiqishi va Amerika taraqqiyot strategiyasini buzishdan manfaatdor bo'lgan poraxo’rlar uchun qurolga aylanishi hech gap emas", — deya ta'kidlaydi jurnalist.

Amerikalik publitsist: "Hozirda taklif etilayotgan strategiya urushni tugatish va Ukraina uchun moliyaviy rejani ishlab chiqishdir", — degan xulosaga keldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing