Qozog‘iston jahon chempionatini o‘tkazish niyati haqidagi ma’lumotni rad etdi

Sport

Qozog'iston futbol bo'yicha jahon chempionatini o'tkazish huquqi uchun kurashmaydi, dedi sport vazirligi. Avvalroq Qozog'iston futbol Federatsiyasi prezidenti Adilet Barmequlov O'zbekiston bilan birgalikda 2034 yilgi jahon chempionatiga ariza topshirishni taklif qilgandi.

Qozog‘iston jahon chempionatini o‘tkazish niyati haqidagi ma’lumotni rad etdi
Qozog'iston 2034 yilgi jahon chempionatiga ariza topshirmoqchi emas. Bu haqda davlat madaniyat va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, vazirlik davlat futbol federatsiyasi rahbari Adlet Barmenqulovning taklifini rad etdi. U O‘zbekiston bilan qo‘shma ariza berishni taklif qilgandi.

Bu haqda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyodagi turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalari mutasaddilarining sammitida so‘z bordi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qozog‘iston futboliga, ayniqsa, uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini belgilab o'tdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirish jarayoni hali boshlanmagan. Biroq, 2034 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatini o'tkazish uchun ba'zi erta takliflar allaqachon berilgan. Katta ehtimol bilan egasi 2027 yilda tanlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing