Qozog‘iston, O‘zbekiston va BAA Pokiston portlariga olib boruvchi yangi temiryo‘l yo‘nalishini ishlab chiqadi
Iqtisodiyot
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston (CASA) yo‘nalishi bo‘yicha Pokistonning dengiz portlariga chiqadigan yangi temiryo‘l loyihasini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Tomonlar bu borada o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Hujjatni Qozog‘iston Transport vazirligi, O‘zbekiston Transport vazirligi hamda BAA Energetika va infratuzilma vazirligi imzoladi. Qozog‘iston hukumati 30-sentabr kuni ma’lum qilganidek, CASA loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida yangi temiryo‘l yo‘nalishini shakllantirishni nazarda tutadi.
Yangi yo‘nalish xalqaro yuk tashuvlari, savdo, logistika va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Loyihaning muhim jihatlaridan biri Markaziy Osiyoni Afg‘oniston orqali Pokistonning dengiz portlari bilan temiryo‘l orqali bog‘lashdir.
Memorandum doirasida tomonlar texnik va iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazish, tahliliy baholashlarni amalga oshirish, zarur temiryo‘l infratuzilmasi va u bilan bog‘liq obyektlarni rivojlantirish maqsadga muvofiqligini o‘rganishni rejalashtirmoqda. Ushbu ishlar loyihaning keyingi parametrlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini belgilashga xizmat qiladi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston rivojlangan temiryo‘l infratuzilmasi hamda tranzit salohiyatiga ega. BAA esa transport infratuzilmasi, logistika va yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribaga ega. Tomonlar ushbu imkoniyatlarni birlashtirib, CASA loyihasini kompleks ravishda ishlab chiqishni ko‘zlamoqda.
Tomonlar keyingi qadamlar va qo‘shma ishlarning aniq yo‘nalishlarini ham muhokama qildi. Jumladan, loyihaning texnik, iqtisodiy va moliyaviy masalalarini kompleks ko‘rib chiqadigan Ishchi guruh tuzish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Shunday qilib, memorandum temiryo‘l loyihasini birgalikda ishlab chiqishning navbatdagi bosqichini boshlaydi. CASA Qozog‘iston va O‘zbekistonni Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyo transport infratuzilmasi hamda Pokiston portlari bilan bog‘lashni ko‘zda tutadi.

Powered by Froala Editor