Qozog‘iston Sirdaryo suvini hisoblashni avtomatlashtiradi

Dunyo

O'zbekiston va Qozog'istonning suv resurslari bo'yicha hamkorligi yangi bosqichga o'tdi. Tomonlar Sirdaryo daryosida suvni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlarini o'rnatish bo'yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish yuzasidan kelishib oldilar.

Qozog‘iston Sirdaryo suvini hisoblashni avtomatlashtiradi
Qayd etilishicha, yangi tizimlar yordamida har bir gidropostning holati, suvning miqdori va oqimi haqida real vaqt rejimida ma'lumotlar to'planadi. Bu esa, o'z navbatida, mamlakatlar o'rtasidagi suv bo'yicha nizolarni oldini olish va resurslarni adolatli taqsimlash uchun zarur.

Ikki mamlakat Sirdaryo daryosi havzasida 10 ta hududni aniqlagan edi. Bu hududlarning 5 tasi O'zbekiston hududida joylashgan bo'lib, qolgan 5 tasi Qozog'iston hududida. Ushbu hududlarda avtomatlashtirilgan suvni hisobga olish tizimlari o'rnatiladi, bu esa suv resurslarining hisobini yanada shaffof va aniq qiladi.

Bugungi kunda, tomonlar xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyiha bo'yicha umumiy texnik topshiriqni ishlab chiqmoqda. GIZ tomonidan ishlab chiqilgan texnik yechimlar, ikki mamlakatning suv boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Qozog'istonning Suv resurslari va irrigatsiya vaziri o'rinbosari Nurlan Aldamjarovning ta'kidlashicha, loyihada faqat dastlabki 10 ta hudud belgilangan. Ammo kelgusida barcha asosiy gidropostlar avtomatlashtiriladi va bu orqali suvni hisobga olish tizimida to'liq shaffoflikka erishish rejalashtirilgan. Aldamjarovning so'zlariga ko'ra, bu masala nafaqat O'zbekistonda balki Qirg'iziston va Tojikistonda tadbiq etilishi uchun muzokaralar ilgari surilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing