Qozog‘istonda inflyatsiya 2 barobarga kamayishi kutilmoqda

Iqtisodiyot

Hozirda mamlakatning xalqaro zaxiralari qariyb 95 milliard dollarni tashkil etyapti. Alixan Smailovning taʼkidlashicha, hukumat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar tufayli mamlakat iqtisodiyoti barqaror oʻsish surʻatlarini koʻrsatmoqda.

Qozog‘istonda inflyatsiya 2 barobarga kamayishi kutilmoqda
Qozog‘istonda inflyatsiya bosqichma-bosqich pasaymoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasining Bosh vaziri Alixan Smailov “AMANAT” partiyasi fraksiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, yil oxirigacha inflyatsiya 2022-yilga nisbatan ikki barobarga kamayadi.

"Pandemiya oqibatlari va murakkab geosiyosiy sharoitlarga qaramay, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda. Xususan, 2023-yilning 7 oyida iqtisodiy o‘sish 4,8 foizni tashkil etdi. Ijobiy dinamika barcha asosiy yo‘nalishlarda kuzatilmoqda”, dedi Smailov.

Vazirning aytishicha, Qozogʻistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 13,3 ming dollarga koʻtarilgan.

"Joriy yilda tashqi savdo aylanmasi 140 milliard dollarga oshdi. Hozirda mamlakatning xalqaro zaxiralari qariyb 95 milliard dollarni tashkil etmoqda", dedi Smailov.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing