Qozog‘istonda niqob rejimi qayta joriy etildi

Dunyo

Tibbiyot muassasalarida niqob rejimi majburiy bo‘ladi, odamlar gavjum joylarda esa tavsiya etiladi.

Qozog‘istonda niqob rejimi qayta joriy etildi
Bosh davlat sanitariya shifokori Ayjan Esmagambetova imzolagan qarorga ko‘ra, Qozog‘istonda tibbiyot tashkilotlarida xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun tibbiy niqoblardan majburiy foydalanish, shuningdek, antiseptik vositalar bilan ta’minlash majburiyati qayta joriy qilinmoqda.

Bu qizamiq, COVID-19 koronavirusi va gripp kabi havo tomchilari orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish bilan bog‘liq.

Shuningdek, aholi gavjum joylarda, xususan, aeroportlar, temir yoʻl va avtovokzallar, bozorlar, savdo va koʻngilochar markazlar, teatr va kinoteatrlarda niqob taqish tavsiya etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing