Qozonda yangi loyihalar va O‘zbekistondan ko‘rgazma

Dunyo

Saida Mirziyoyeva Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashib, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Qozon Kremlida esa O‘zbekistondan keltirilgan rus avangardi namunalari taqdim etilgan yirik ko‘rgazma ochildi.

Qozonda yangi loyihalar va O‘zbekistondan ko‘rgazma
Uchrashuv davomida O‘zbekiston viloyatlari va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi, ayniqsa savdo va iqtisodiyot yo‘nalishlarida.

Gumanitar aloqalar ham alohida qayd etildi: O‘zbekistonda eng yirik tatar diasporasi istiqomat qiladi, Tatariston esa ta’lim sohasida O‘zbekistonning Rossiyadagi eng muhim hamkorlaridan biri — bu yerda 3,5 mingdan ortiq yosh o‘zbek talaba tahsil olmoqda.

Tashrif doirasida YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Qozon Kremlida «Svet mejnadu mirami» ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma «Noviy Ierusalim» muzeyi va Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyi kolleksiyalarini birlashtiradi. O‘zbekiston ekspozitsiyada Solomon Nikritin, Aleksandr Shevchenko, Vasiliy Chekrigin, Sergey Romanovich, Mixail Sokolov va Robert Falk kabi rus avangard rassomlarining 70 ta asarini namoyish etdi.

Uchrashuv yakunida Saida Mirziyoyeva iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro manfaatli hamkorlik yanada chuqurlashishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing