Qurilishda bodikamera va QR kodli pasport: Yangi nazorat tizimi joriy etiladi

O'zbekiston

O‘zbekistonda qurilish jarayonlaridagi noqonuniy holatlarning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida nazorat tizimi kuchaytirilmoqda. Yangi choralarga ko‘ra, inspektorlar bodikamera bilan jihozlanadi va har bir qurilish obyektida QR kodli pasport o‘rnatiladi.

Qurilishda bodikamera va QR kodli pasport: Yangi nazorat tizimi joriy etiladi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 1 600 ta qurilish ro‘yxatga olinmasdan boshlangan bo‘lsa, bu yilning boshidan beri bu raqam 2 200 taga yetgan. Bu holatlar aholi orasida e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Qurilish obyektlarini muntazam nazorat qilish zarur bo‘lsa-da, 8 oy ichida 1 150 ta obyekt faqat bir marta tekshirilgan.

Vaziyatni yaxshilash maqsadida Qurilish vazirligi va prokuratura nazorati ostida qurilish jarayonidagi byurokratik to‘siqlar va korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi. Hududiy boshqarmalarda quruvchi-operatorlar shtabi tashkil etilib, ular orqali nazorat kuchaytiriladi.

Nazorat inspektorlariga bodikamera o‘rnatilishi, shuningdek, davlat hisobidan qurilayotgan obyektlarga kamida ikkita videokamera o‘rnatilishi nazarda tutilmoqda. Bu uskunalar orqali ma’lumotlar onlayn tarzda operatorlar shtabiga uzatiladi.

Endilikda har bir qurilish obyektining oldida QR kodli pasport bo‘lishi shart. Bu orqali fuqarolar qurilish haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, qonuniylikni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing