Ramzan Qodirov qizini yangi lavozimga tayinladi

Siyosat

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Xadijat Qodirova respublika rahbari va hukumati maʼmuriyati rahbarining ijtimoiy blok bilan hamkorlik boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Checheniston rahbari va hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Ramzan Qodirov qizini yangi lavozimga tayinladi
Checheniston rahbari va hukumati maʼmuriyati rahbari Galas Taymasxanov Qodirovani bu lavozimga tayinlashni taklif qildi. Uning aytishicha, u Grozniy shahar hokimligi maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i lavozimida ham, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ham muvaffaqiyatlarga erishgan.

Taymasxanov Qodirova yangi lavozimida ijtimoiy sohani rivojlantirishda katta natijalarga erisha olishiga ishonch bildirdi. Ramzan Qodirov bu taklifni ma’qullab, qiziga muvaffaqiyat tiladi.

Xadijat Qodirova Ramzan Qodirovning ikkinchi farzandi. Grozniy-Inform ma'lumotlariga ko'ra , u 2000-yil 17-yanvarda tug'ilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing