Ramzan Qodirovning o‘g‘liga Checheniston Qahramoni unvoni berildi
Dunyo
25-sentyabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 15 yoshli o‘g‘li Adamning Qur’onni yoqish ishiga aloqador 19 yoshli Nikita Juravelni kaltaklagani aks etgan videoni o‘z Telegram-kanalida e’lon qilgan edi.
Qur'onni yoqish ishi bo'yicha hibsga olingan Nikita Juravelni tergov izolyatorida kaltaklagan Checheniston rahbarining o'g'li Adam Qodirovga Checheniston Qahramoni unvoni berildi. Bu haqda Davlat dumasi deputati Adam Delimxonov ma'lum qildi.
U 15 yoshli Adam Qodirovni “juda yoshligidanoq yetakchilik va tashkilotchilik fazilatlarini namoyon etgan, doimo o‘z rivojlanishiga intiluvchi va vaqtni behuda o‘tkazmaydigan” “o‘ta malakali, har tomonlama bilimli va maqsadli yigitning yorqin namunasi”, deb atadi.
Delimxonovning postida aytilishicha, kichik Qodirov “aralash yakkakurashlar bo‘yicha nufuzli turnirlarda bir qator yorqin va so‘zsiz g‘alabalarni qo‘lga kiritib, sport sohasida alohida muvaffaqiyatlarga erishgan”.
Nikita Juravel 2023-yil may oyida dindorlarning his-tuyg'ularini haqorat qilishda ayblanib hibsga olingan edi. Tergovning fikricha, Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan u Volgograddagi sobor masjidi oldida Qur’onni yoqib yuborgan, shundan so‘ng u o‘z harakatlari aks etgan videoyozuvni xavfsizlik xizmati xodimiga topshirgan. Juravel 22-may kuni hibsga olingan, besh kundan keyin esa Grozniydagi tergov izolyatoriga olib ketilgan.
Avgust oyi o‘rtalarida Juravel tergov izolyatorida Adam Qodirov tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edi. Sentyabr oyining ikkinchi yarmida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li Juravelni kaltaklagani aks etgan videoni e’lon qildi. Videoga izoh qoldirgan respublika rahbari Adam Qodirovning harakatidan faxrlanishini aytdi.

Powered by Froala Editor