Raqamli Texnologiyalar Soqasida Startap-Loyihalarni Qo‘llab-Quvvatlash Choralari Tasdiqlandi

Biznes

O‘zbekiston Prezidenti 14-oktyabr 2024 yilda qabul qilingan № PП-357 qarori bilan startap-loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini tasdiqladi. Ushbu qaror raqamli texnologiyalar sohasida yangi g‘oyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Raqamli Texnologiyalar Soqasida Startap-Loyihalarni Qo‘llab-Quvvatlash Choralari Tasdiqlandi
Yangi dasturga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan startaplar uchun bir qator talablar belgilangan. Ularning faoliyat muddati kamida 6 oydan 7 yilgacha bo‘lishi, yillik daromadi esa 10 milliard so‘mdan oshmasligi lozim. Shuningdek, muvaffaqiyatli inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarini tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar, raqamli texnologiyalarga asoslangan biznes modeli va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazganligini ko‘rsatuvchi hujjatlar talab etiladi.

Qaror doirasida venchur fondlari va xususiy investorlar, shuningdek, startaplar uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari ham dasturga kiritilgan. Startaplarni moliyalashtirish maqsadida IT-parki huzurida $10 millionlik aksiyadorlik jamiyati shaklida Venchur fondi tashkil etiladi.

Dastur ishtirokchilariga quyidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari taklif etiladi: xorijiy venchur fondlaridan sarmoya jalb qilgan startaplarga investitsiya ajratish, akseleratsiya dasturlarida qatnashish xarajatlarini qoplash va o‘qituvchi mentorlarni jalb qilish uchun yordam berish. Bundan tashqari, startap loyihalariga 300 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonning milliy venchur fondi «Uzvc» yangi tashkilotga — «Fond fondlari»ga aylantiriladi. U, ichki va xorijiy investorlarni jalb etish, grant mablag‘larini olish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda moliyalashtirish mexanizmlarini ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Ushbu dastur O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar sohasidagi startaplarini qo‘llab-quvvatlash va ularga yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing