Raqobat qoʼmitasi “Korzinka”ga nisbatan jarima qo'lladi

O'zbekiston

“Korzinka” supermarketlar tarmogʼi tomonidan tarqatilgan reklamada “Eng arzon narx - Korzinkada” degan jumladan foydalanilga. Ammo boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatilgan.

Raqobat qoʼmitasi “Korzinka”ga nisbatan jarima qo'lladi
Raqobat qo'mitasi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni koʼrib chiqish boʼyicha Maxsus komissiyasi tomonidan qoʼzgʼatilgan ishda “Korzinka” supermarketlar tarmogʼi brendi ostida faoliyat koʼrsatuvchi “Anglesey Food” MChJ XK aybdor deb topdi. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar berdi.

Korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʼllanilgan, shuningdek, unga ushbu reklama boʼyicha qonun buzilishiga yoʼl qoʼyilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʼlgan koʼrsatma berilgan.

Gap shundaki, “Korzinka” supermarketlar tarmogʼi tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx - Korzinkada”, “...Eng unumlisiga keling!” degan reklamasida foydalanuvchilarni chalgʼitadigan yoki chalgʼitishi mumkin boʼlgan soʼz jumlalaridan foydalangani kuzatilgan.

Mazkur reklama axborotida qayd etilgan maʼlumotlarni oʼrganish natijasida, aktsiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak boʼladigan maʼlum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat boʼlgan katalog joriy qilinganligi maʼlum boʼlgan. Shuningdek, ushbu katalogga kiritilgan mahsulotlarning narxlari turli supermarketlar tarmogʼi hamda dehqon bozorlardagi xuddi shunday mahsulotlarning narxlari boʼyicha oʼtkazilgan monitoringlar natijasiga koʼra solishtirilganligi hamda taqqoslash uchun har bir tovarning alohida emas, balki savatning (katalogning) umumiy narxi olinganligi Qoʼmita tomonidan aniqlangan.

Xususan, “eng arzon narx” deb eʼlon qilingan mahsulotlarning alohida turlari boʼyicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan huddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatilgan. Reklamani bunday koʼrinishda boʼlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʼituvchi yoki chalgʼitishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin, deb baholanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing