Rasman Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi tasdiqlandi

Sport

Superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolovning keyingi jangi bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlandi. Bahodir Jalolov 5-aprel kuni Qozog‘istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tashkil etadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi.

Rasman Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi tasdiqlandi
Unga kim raqiblik qilishi haqida aniq ma’lumotlar hozircha yo‘q. Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Ivan Dichko bilan jang qilishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov 7-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazilgan prof boks oqshomi doirasida fransiyalik Devid Spilmont bilan jang qilishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar Bahodirning yuzidagi husnbuzar tufayli jangni bekor qilishgan edi.

Ma’lumot uchun, 5 aprel kuni "Baris Arena"da o‘tkaziladigan turnirning markaziy jangida o‘rta vazn toifasida IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni qozog‘istonlik Janibek Alimxanuli (16-0, 11 KO) kelib chiqishi kongolik, hozirda Fransiya sharafini himoya qilayotgan Anauel Ngamissenge (14-0, 9KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, Astanadagi turnirda qozog‘istonlik aka-uka Mahmud va Torexan Sabirxonlar professional boksdagi debyut janglarini o‘tkazishadi.

Bahodir Jalolovdan tashqari yana bir o'zbekistonlik yarim yengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq da’vogar Otabek Xolmatov ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing