Rasman! Qozogʻistonliklar 1-iyuldan haftada toʻrt kun ishlaydi

Dunyo

Ish vaqtining umumlashtirilgan hisobini o'rnatishda to'rt kunlik, besh kunlik va olti kunlik ish haftasida qo'shimcha ishning umumiy davomiyligi oyiga o'n ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi kerak.

Rasman! Qozogʻistonliklar 1-iyuldan haftada toʻrt kun ishlaydi
Joriy yilning 1-iyulidan boshlab Qozog‘istonda to‘rt kunlik ish haftasi joriy etiladi. Bu haqda respublika Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, besh kunlik va to‘rt kunlik ish haftasi ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan almashib turadi.

“1-iyuldan boshlab joriy qilingan ish tartibi tomonlar kelishuviga ko‘ra amal qiladi. Agar ishlab chiqarish jarayoni imkon bersa, har qanday kompaniya ushbu tartibni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu qoidani majburiy qilib qo‘ya olmaymiz”, deya o‘zgarishga izoh berdi vazirlik vakili Shalkar Orazbekov.

Xabarga koʻra, Mehnat kodeksi tomonlar manfaati mutanosibligini ta’minlaydi. Davlat minimal kafolatni beradi. Qolgani jamoaviy mehnat munosabati doirasida hal etiladi.

To‘rt kunlik rejim mehnat ta’tiliga, ish stajiga ta’sir qilmaydi, deya taxmin qilinmoqda.

Yakshanba dam olish kuni. Ikkinchi yoki uchinchi dam olish kuni jamoa shartnomasi yoxud mehnat qoidalari bilan tartibga solinadi.

Ish vaqtining umumlashtirilgan hisobini o'rnatishda to'rt kunlik, besh kunlik va olti kunlik ish haftasida qo'shimcha ishning umumiy davomiyligi oyiga o'n ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing