Rayhon va astragal: O‘zbekistonda yangi fitokompleks ishlab chiqilmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari rayhon, astragal va boshqa mahalliy dorivor o‘simliklar ekstraktlari asosida yangi fitokompleks ishlab chiqmoqda. Olingan texnologik namunalar antioksidant va antigipoksik faollikni namoyon qilgan.
Tadqiqot Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan «Rayhon, astragal va turdosh o‘simliklar ekstraktlari asosida fitokomplekslar yaratish» amaliy loyihasi doirasida olib borilmoqda. Loyihaning qiymati 1 mlrd 409 mln 357 ming so‘m bo‘lib, uni amalga oshirish muddati 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan. Loyiha rahbari — biologiya fanlari doktori, O‘simlik moddalari kimyosi instituti fizik tadqiqot usullari laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi Daniya Asilbekova.
Tadqiqot davomida mutaxassislar rayhon navlari, tog‘ rayhoni, kiyik o‘ti, arslonquloq hamda O‘zbekistonda o‘sadigan va yetishtiriladigan astragalning turli turlarini o‘rganmoqda. O‘simlik xomashyosidagi efir moylari va boshqa biologik faol birikmalar zamonaviy laboratoriya usullari yordamida tadqiq qilinmoqda.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, olimlar keyingi bosqichlar uchun eng istiqbolli mahalliy xomashyo turlarini tanlab oldi va ekstraktlarning texnologik namunalarini tayyorladi. Ularning antioksidant faolligi oksidlanish jarayonlari hamda erkin radikallarning ta’siriga qarshi turish qobiliyati bilan, antigipoksik faolligi esa kislorod yetishmaganda hujayralar hayotiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash xususiyati bilan bog‘liq.
Ayni paytda faol ekstraktlar tarkibi va xususiyatlari o‘rganilib, natijalarni tasdiqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar olib borilmoqda. Loyiha yakunida mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida biologik faol birikmalar majmuini o‘z ichiga olgan fitokompleks yaratish rejalashtirilgan.
Kelgusida tadqiqot natijalari oziq-ovqat va kosmetika sanoati uchun mahalliy o‘simlik xomashyosi asosidagi mahsulotlarni ishlab chiqishga ilmiy-texnologik asos bo‘lishi mumkin. Loyiha doirasida xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda ikkita maqola, xalqaro konferensiyalar materiallarida ikkita, respublika konferensiyasi materiallarida bitta maqola hamda uchta tezis chop etilgan.

Powered by Froala Editor