“Renessans” milliy mukofoti g‘oliblari aniqlandi
O'zbekiston
Bugun, Toshkent shahridagi “Renessans hall” saroyida “Renessans” milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Mukofotning 9 ta nominatsiyasining har bir g‘olibiga “Renessans” milliy mukofoti statuetkasi, 50 mln so‘mdan pul mukofoti hamda diplomlar berildi.
Xususan, “Eng yaxshi ijtimoiy-siyosiy teledastur jurnalisti” nominatsiyasi boʼyicha g'oliblik Mening yurtim kanali jurnalisti Yulduz Olimovaga nasib etdi.
“Yilning eng jasoratli jurnalisti” sifatida Nurzodbek Vohidov e'tirof etildi. “Eng yaxshi madaniy-maʼrifiy teledastur jurnalisti” nominatsiyasi bilan Zo’r TV kanali faxrli jurnalisti Asrorxo’ja Abrorxo’jayev taqdirlandi.
“Eng yaxshi axboriy teledastur jurnalisti” nominatsiyasi bo'yicha Sevimli TV jurnalisti Jahongirxon Olimov g’olib deb eʼlon qilindi. “Ekologiya mavzusi bo‘yicha eng yaxshi jurnalist” sifatida Renessans TV kanali jurnalisti Sardorbek Isroilov e’tirof etildi.
Mazkur mukofotda “Televideniyeda hududiy masalalarni yoritish bo‘yicha eng yaxshi jurnalist” nominatsiyasi ham bor. Ushbu nominatsiya bo'yicha Vodiy TV kanali jurnalisti Zafarjon Jarqinov g‘olib deb topildi.
“Radioda hududiy masalalarni yoritish bo‘yicha eng yaxshi jurnalist” deb S-Iqbol Fm radiosi jurnalisti Zaynabxon Jumanazarovaning mehnatlari yuqori baholandi. “Eng yaxshi madaniy-ma’rifiy radiodastur jurnalisti” sifatida Oriat dono radiosi jurnalisti Akmal Mirzayev taqdirlandi. “Eng yaxshi axboriy radiodastur jurnalisti” deb Navro’z Fm radiosi jurnalisti Go’zal Karimova e’tirof etildi.

Powered by Froala Editor