Reuters: Xitoy Eronni husiylarning Qizil dengizdagi hujumlarini to‘xtatishga chaqirmoqda
Dunyo
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylarning Qizil dangizdagi hujumlari yuk tashish va sug‘urta xarajatlarini oshirdi, shuningdek, Xitoy kemalari tomonidan ko‘p foydalaniladigan Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi asosiy savdo yo‘lini xavf ostida qoldirdi.
Xitoy rasmiylari Pekin va Tehron o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazmaslik uchun Qizil dengizdagi kemalarga husiylarning hujumlarini to‘xtatish uchun Erondan yordam so‘radi. Bu haqda Bi-Bi-Si "Reuters"ga tayanib, xabar berdi.
"Bu masala Xitoy va Eron poytaxtlarida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvlarda muhokama qilingan", deydi manbalar. Muzokaralar qachon bo‘lib o‘tgani va kimlar ishtirok etgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
"Agar bizning manfaatlarimizga biron-bir tarzda zarar yetkazilsa, bu Tehron bilan biznesimizga ta’sir qiladi. Shuning uchun husiylardan bosiqlikni so‘rang", - dedi muzokaralardan xabari bo‘lgan va o’zini oshkor etishni istamagan Eron rasmiysi.

Powered by Froala Editor