Rishi Sunak umumiy saylovlarni iyulda o'tkazishni e'lon qildi
Dunyo
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak umumiy saylovlar 4-iyulda o'tkazilishini e'lon qildi. U qirol Charlz III dan parlamentni tarqatib yuborishni so‘raganini va u rozi bo’lganini aytdi, deb xabar bermoqda BBC News.
Dauning-stritdagi qarorgohida so'zlagan nutqida Sunak o'z hukumatining yutuqlarini, shu jumladan pandemiya ta'siriga qarshi kurashni va Ukrainadagi urushga javobni ta'kidlab, iqtisodiy barqarorlik va o'sishni eslatib o’tdi.
Sunak leyboristlarni tanqid qilgan holda har bir ovoz uchun kurashishga va'da berdi. Leyboristlar partiyasi yetakchisi Key Starmerning aytishicha, saylovlar — mamlakatni o‘zgartirish va Britaniyani qayta tiklash imkoniyatidir.
Siyosiy sharhlovchilarning fikricha, Sunak bo'lajak saylovlarda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan foydalanib qolmoqchi, ammo tanqidchilar ijobiy prognozlar Britaniya hukumati siyosatidan ko'ra ko'proq jahon iqtisodiyotidagi o'zgarishlar bilan bog'liqligini ta'kidlamoqdalar.

Powered by Froala Editor