Ronaldu 200 ta xalqaro o'yin o'tkazgan ilk futbolchiga aylandi

Sport

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Yevropa chempionati saralash bosqichida Islandiya ustidan qozonilgan g'alabasi vaqtida 200 ta xalqaro o'yin o'tkazgan birinchi erkak futbolchi bo'ldi va mutlaq rekord qayd etdi.

Ronaldu 200 ta xalqaro o'yin o'tkazgan ilk futbolchiga aylandi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Yevropa chempionati saralash bosqichida Islandiya ustidan qozonilgan g'alabasi vaqtida 200 ta xalqaro o'yin o'tkazgan birinchi erkak futbolchi bo'ldi va mutlaq rekord qayd etdi. Bu haqda espn.com.au sayti xabar berdi.

Islandiyaga qarshi kechgan bahsning 89-daqiqasida Ronaldu raqib darvozasiga gʻalaba toʻpini kiritdi va jamoasiga muhim 3 ballni taqdim etdi. 2003-yilda xalqaro maydonda debyut qilgan Ronalduga oʻyin boshlanishidan avval 200 ta xalqaro o'yinda maydonga tushgan birinchi erkak futbolchi sifatida esdalik uchun “Ginnesning Rekordlari” kitobi yorlig'i taqdim etildi.

“Men juda xursandman. 200 ta o'yinga erishish — bu kutilmagan lahza. Bu aql bovar qilmaydigan yutuq. Va, albatta, g'alaba golini urish buni yanada o'ziga xos qiladi”, dedi Ronaldu o'yindan keyin.

Maʼlumot uchun, Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh xil Jahon chempionatida gollar urgan ilk erkak futbolchi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing