Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashidagi maqomini suiiste'mol qilganlikda ayblanmoqda

Siyosat

KXDRdan Rossiyaga qurol eksport qilish BMT Xavfsizlik Kengashining ko'plab rezolyutsiyalarini qo'pol ravishda buzish hisoblanadi.

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashidagi maqomini suiiste'mol qilganlikda ayblanmoqda
AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Malta, Sloveniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Ukrainaning BMT Xavfsizlik Kengashidagi vakillari Rossiyani Shimoliy Koreya raketalarini sotib olib, Ukrainaga hujum qilish orqali kengashning doimiy a’zosi sifatidagi maqomini suiiste’mol qilganlikda aybladi. Bu haqda 10-yanvar AQShning BMTdagi missiyasi matbuot xizmati saytida chop etilgan bayonotda aytiladi.

Qo'shma bayonot matnida KXDRdan Rossiyaga qurol eksport qilish BMT Xavfsizlik Kengashining ko'plab rezolyutsiyalarini qo'pol ravishda buzayotgani ta'kidlangan.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi BMTning boshqa aʼzosiga hujum qilish maqsadida Kengash rezolyutsiyalarini qoʻpol ravishda buzishi jirkanchdir”, dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Robert Vud.

AQSH vakilining qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning harakatlari ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik global tizimini ham buzadi.

Rossiyaning BMTdagi elchisi Vasiliy Nebenzya ayblovlarga javoban, bu "ochiq yolg'on ma'lumot" ekanligini aytgan, lekin to'g'ridan-to'g'ri raddiya bermagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing