Rossiya Oʻzbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishini maʼlum qildi
Dunyo
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozogʻistonga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekistonga gaz yetkazib berish hajmini koʻpaytirish rejalari haqida maʼlumot berdi.
27-noyabr kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Rossiya-Qozogʻiston muzokaralari yakunida Putin bu haqida bayonot berdi.
«Kun tartibida Qozogʻistonda uchta yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish masalasi turibdi. "Gazprom" Qozogʻiston isteʼmolchilarini uzluksiz gaz bilan taʼminlaydi va Orenburg gaz-kimyo majmuasida Karachaganak konidan yoqilgʻini qayta ishlaydi. Oʻtgan yildan boshlab esa Rossiya gazi Qozogʻiston hududi orqali qoʻshni Oʻzbekistonga yetkazilmoqda va biz bunday taʼminotni oshiramiz», dedi Putin.
Rossiya 2023-yil oktyabr oyidan boshlab Qozogʻiston hududi orqali "Markaziy Osiyo — Markaz" quvuri orqali Oʻzbekistonga tabiiy gazni eksport qilmoqda. Rossiya gaz yetkazib berishini oshirish uchun Qozogʻiston magistral gaz tizimini modernizatsiya qilish maqsadida 500 million dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor