Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ozod etildi

O'zbekiston

Bugun Samarqand shahrida Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ozod etildi
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Keyingi yillarda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholi ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga muvofiq Erkinjon Oqbutayevich Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Muzaffarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing