Rossiya Suriyaga pul ortilgan samolyot yubordi
Dunyo
Damashq aeroportiga Rossiyadan mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asad davrida muomalaga chiqarilgan yuz milliardlab Suriya funtlari partiyasi yetib keldi, deb yozadi Reuters.
Ushbu mablag‘lar o‘n millionlab AQSh dollariga teng. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil dekabr oyi boshida isyonchilar Asadni ag‘darganida Rossiya bu pullarni Suriyaga o‘tkazishga ulgurmagan.
Qayd etilishicha, Suriyaning yangi hukumati Asad Moskvaga qochib ketganidan keyin Rossiyadan valyuta chiqarishni to‘xtatishni talab qilgan. Reuters manbasi Rossiyani bosma naqd pullarni Suriyaga yetkazib berishga nima undaganiga aniqlik kiritmagan.
Reuters xabariga ko‘ra, yangi rahbariyatning hokimiyatga kelishi bilan Suriya funti qora bozorda mustahkamlandi, bunga xorijdan suriyaliklarning kelishi va xorijiy valyuta savdosi ustidan qat’iy nazoratning bekor qilinishi yordam berdi. Birja ma’lumotlariga ko‘ra, 13-fevral kuni milliy valyuta 1 dollar uchun 9850 funtga sotilgan. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, birjalar yopilgan 14-fevral kuni rasmiy kurs 1 dollar uchun 13 ming funt atrofida bo‘lgan.
12-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad ash-Shar’a bilan ilk bor telefon orqali muloqot qilgan edi. Suhbat chog‘ida Rossiya rahbari suriyalik hamkasbiga ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga, jumladan, “Suriya aholisiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish”ga va’da berdi.
Putinning so'zlariga ko‘ra, Rossiya Suriyaning birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini “prinsipial jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi”, shuningdek, yangi hukumatga mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishda yordam berishga tayyor.
Shuningdek, Putin Suriyaning yangi tashqi ishlar vazirini Moskvaga tashrif buyurishga taklif qilgani va Moskva Asad davrida imzolangan ikki tomonlama kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Suriya Rossiyada pul chop etishni boshlashidan oldin Avstriya Markaziy bankining sho‘ba korxonasi Oesterreichische Banknoten-und Sicherheitsdruck GmbH bilan bu borada kelishuvga erishgan edi, deb yozadi Reuters.

Powered by Froala Editor