Rossiya tashqi ishlar vaziri 22-aprelda O‘zbekistonga keladi
O'zbekiston
22−23-aprel kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqida vazirlik matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.
Tashrif davomida Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti bilan muloqot, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga qaratiladi. Jumladan, Rossiya-O‘zbekiston keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalariga qaratiladi, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor