Rossiya Ukrainadagi ko‘p millatli kuchlar g‘oyasiga keskin munosabat bildirdi
Dunyo
Rossiya Ukrainada ko‘p millatli harbiy kuchlarni joylashtirishni xorijiy intervensiya sifatida baholaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan imzolangan deklaratsiyaga izoh berar ekan, ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlarining harbiy bo‘linmalari, qurol-aslaha omborlari va boshqa harbiy infratuzilmasini joylashtirish bunday obyektlarni qonuniy harbiy nishonga aylantiradi.
Mazkur deklaratsiya “xohlaganlar koalitsiyasi” doirasida imzolangan bo‘lib, unda 35 ga yaqin davlat ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Hujjat Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berishga oid besh bandni o‘z ichiga oladi, jumladan, urush yakunlangach Ukraina Qurolli Kuchlarini tiklash va tiyib turishni ta’minlash uchun ko‘p millatli kuchlar tuzish rejalari mavjud.
The Times nashrining yozishicha, tinchlik kelishuvi imzolangach Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga har biri 7 500 nafardan harbiy xizmatchi yuborishni ko‘rib chiqmoqda.

Powered by Froala Editor