Rossiya va O‘zbekiston "Atom" elektrokarini ishlab chiqarishni muhokama qilmoqda

O'zbekiston

Rossiyaning "Kama" kompaniyasi "Atom" elektromobilini ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonni potensial maydon sifatida ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar allaqachon olib borilyapti, deb yozadi TASS.

Rossiya va O‘zbekiston "Atom" elektrokarini ishlab chiqarishni muhokama qilmoqda
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekiston bilan o‘z texnologiyalarini baham ko‘rishga tayyor, bu esa ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. O‘zbekistondan tashqari, kompaniya Xitoy va boshqa bir qator davlatlar bilan hamkorlik qilishni ko‘rib chiqayapti.

2023-yilda taqdim etilgan "Atom" elektromobili 77 kVt/soat sig‘imli batareya va 500 km gacha yurish masofasiga ega bo‘ladi. 100 km/soat tezlikka erishish uchun 8 soniya ketadi, boshlang‘ich narxi esa taxminan 2,9 million rublni (≈32,1 ming AQSH dollari) tashkil etadi.

O‘zbekiston ekologik toza transportni rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatda elektromobil ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari va rag‘batlantirish choralari mavjud bo‘lib, bu respublikani xorijiy investorlar uchun jozibador qiladi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonning avtomobilsozlik sohasidagi mavqeini mustahkamlashi va "yashil" texnologiyalarni rivojlantirishga turtki berishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing