Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi
Dunyo
Bu modda geroindan 5 ming marta va morfindan 10 ming marta kuchliroq. Rossiya huquq-tartibot idoralari karfentanil - xavfli sintetik giyohvand moddasining partiyalarini muntazam ravishda musodara qilishni boshladi. Bu haqida «Izvestiya» xabar berdi.
Agar 2024-yilgacha Rossiyada bu giyohvandlik moddasi kamdan-kam hollarda aniqlangan bo‘lsa, 2024-yilga kelib, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tarkibida karfentanil bo‘lgan 1 kilogramm, 2025-yil dastlabki oylarida esa yana 100 gramm giyohvand moddani musodara qilingan.
Preparat sintetik opioid bo‘lib, fentanil hosilasi hisoblanadi. U birinchi marta 1974 yilda Janssen kompaniyasi tomonidan sintez qilingan.
Tadqiqotda aytilishicha, karfentanil geroindan 5 ming marta va morfindan 10 ming marta kuchliroq. Bu yirik sutemizuvchilar - fillar, karkidonlar, buyvollar va antilopalar uchun tinchlantiruvchi vositadir.
Xabarda yozilishicha, Xitoy karfentanilning asosiy ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.
BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ushbu dorini dunyodagi eng kuchli tijorat opioidlaridan biri sifatida tasniflagan.
Odamlar uchun o‘limga olib keladigan doza atigi 2 mkg (0,002 mg). Rossiyada karfentanil nazorat qilinadigan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Powered by Froala Editor