Rossiyada migrantlar rus tilini bilmaganligi sababli deportatsiya qilinishi mumkin

Dunyo

LDPR vakili Leonid Slutskiy boshchiligidagi bir guruh deputatlar migrantlarni rus tilini bilmaganligi sababli deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Davlat Dumaga taqdim etdi.

Rossiyada migrantlar rus tilini bilmaganligi sababli deportatsiya qilinishi mumkin
Loyihaga ko‘ra, agar migrantning rus tilini bilish haqidagi sertifikati haqiqiy emas deb topilsa, u o‘z hisobiga deportatsiya qilinadi.

Agar migrantda ketish uchun mablag‘ bo‘lmasa, uni o‘z mamlakati diplomatik va konsullik muassasalari hisobiga deportatsiya qilish rejalashtirilgan. Slutskiy, "Bizga faqat rus tilini va mamlakat tarixini o‘rgangan, yetuk mutaxassislar kerak," deb ta’kidladi. "Qalloblik bilan kelganlarni va qonunsiz hujjatlar olganlarni zudlik bilan deportatsiya qilish kerak".

Shuningdek, Slutskiyning aytishicha, migrantlar faqat madaniy muhitga integratsiya qilishga tayyor bo‘lganlar kelishlari kerak. Yaqinda rus tili va Rossiya tarixini bilish bo‘yicha soxta sertifikatlar berish holatlari aniqlangan, va bu kabi holatlarni oldini olish uchun choralar ko‘rish kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing