Rossiyada Polsha elchixonasi yopildi
Siyosat
Kecha, 8-yanvar kuni Sankt-Peterburgdagi Polsha Bosh konsulligi Rossiya tomonidan mazkur vakolatxona faoliyatiga ruxsat bekor qilinishi natijasida yopildi. Bu qaror Polsha Tashqi ishlar vazirining Poznandagi Rossiya bosh konsulligini yopish to‘g‘risidagi qaroriga javoban qabul qilingan. Polsha hududida Rossiya hukumati bilan bog‘liq sabotaj holatlari aniqlangani bunga sabab bo‘lgan.
2024 yil 5 dekabr kuni Rossiya TIV Polshaga nota yo‘llab, Sankt-Peterburgdagi Polsha bosh konsulxonasi faoliyatini 2025 yil 10 yanvargacha to‘xtatishi kerakligini bildirgan edi. Ushbu qaror Polshaning 2024 yil 22 oktyabr kuni Poznanda joylashgan Rossiya bosh konsulxonasini yopish to‘g‘risida qabul qilgan qaroriga javob sifatida qabul qilingan.
"Sizlar uchun muhim bo‘lgan ushbu joy bilan xayrlashadigan vaqt keldi. Bu joy yordam olishingiz, yaxshiroq dunyo haqidagi orzularingizni amalga oshirishingiz yoki hech bo‘lmaganda kundalik hayotdan ozgina uzoqlashishingiz mumkin bo‘lgan boshqacha dunyo edi. So‘nggi uch yil davomida Ukrainaga Rossiya hujumi boshlanganidan keyin ham fidoyilik bilan faoliyat olib borganlarga minnatdorlik bildiramiz. Sankt-Peterburgdagi barcha polyaklar va Poloniya (chet elda yashovchi polyaklar) jamoasiga ham rahmat aytamiz", deya Polsha konsulligi minnadorchilik bildirdi.
Shuningdek, Polshaning Rossiyadagi elchisi Kshishtof Krayevskiy kelajakda konsullik yaxshiroq zamonlarda Sankt-Peterburgga qaytishiga umid qilishini qo'shimcha qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sankt-Peterburgda joylashgan konsullik binosidan Polsha va Yevropa Ittifoqi bayroqlari olib tashlangan. Shuningdek, 5-Sovetskaya ko‘chasidagi binoning fasadidan bosh konsulxona yozuvi demontaj qilingan.
Hozirda Rossiya hududida Polshaning vakolatxonalari Moskva, Kaliningrad va Irkutsk shaharlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor