Saida Mirziyoyeva Doha dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasini taqdim etdi

Dunyo

Qatarning poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dizayn biyennalesida O’zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasini taqdim etildi.

Saida Mirziyoyeva Doha dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasini taqdim etdi
Ko'rgazma tashrif buyuruvchilarni O'zbekiston hunarmandchiligi olamiga olib kiradi. Ushbu loyiha madaniy xilma-xillikni o’zida mujassam etadi va biyennalening maqsadlariga mos keladigan ijodiy innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydi.

«Ushbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman. “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan zamonaviy ijod uyg‘unligini namoyish etmoqdamiz. Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi», ― dedi O'zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

O‘zbekistonning betakror ekspozitsiyasi xalq hunarmandchiligining so‘nggi 100 yil ichidagi evolyutsiyasini, yurtimiz an’anaviy hunarmandchiligining naqadar boyligini aks ettirgan. Ko‘rgazmaning eng diqqatga sazovor tarafi harakat payti an’anaviy gazlamalarimizni eslatuvchi, ranglari o‘zgaruvchan linza korinishidagi oyoq osti sathidir.

“Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasiga 2024-yil 30-martga qadar tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing