Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi

Dunyo

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iweala bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni va uni yakunlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan keyingi vazifalarni muhokama qildilar.

Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi
«O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday kechayotgani va yana qanday ishlarni yakunlashimiz kerakligini muhokama qildik», — deb yozdi Mirziyoyeva.

U Okonjo-Iwealaga doimiy qo‘llab-quvvatlovi va ekspert yordami uchun minnatdorlik bildirdi. «Biz yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, endi sur’atni saqlab, jarayonni oxirigacha yetkazish muhim», — deya ta’kidladi Prezident Administratsiyasi rahbari.

JST ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston a’zolik bo‘yicha muzokaralarda qolgan masalalar ustida ishlashda davom etmoqda. Tashkilot 2025-yil noyabrida O‘zbekiston sezilarli taraqqiyotga erishganini, bir qator ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganini, ayrim masalalar esa hali qo‘shimcha ishlarni talab qilishini bildirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing