Saida Mirziyoyeva - nufuzli xalqaro mukofot hakamlar hay’ati tarkibida
O'zbekiston
O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva insonparvarlik va madaniyatlararo muloqot sohasidagi eng muhim mukofotlardan biri bo‘lgan Zayed Award for Human Fraternity 2026 xalqaro mukofotining hakamlar hay’ati tarkibiga kirdi.
BAA asoschisi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon nomidagi mukofot 2019-yildan buyon xalqlar o‘rtasida hamjihatlik, insonparvarlik va qardoshlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladi. Turli yillarda Rim papasi Fransisk, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va boshqa jahon arboblari laureat bo‘lgan.
2026-yilgi hakamlar hay’ati tarkibiga quyidagilar kirdi:
"Hakamlar hay’ati tarkibida Markaziy Osiyoning birinchi vakili bo‘lish men uchun sharaf. Biz dunyoni o‘zgartirayotgan, lekin soyada qolayotgan insonparvarlik qahramonlarini izlab topamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz," - dedi Mirziyoyeva.
Mukofot sayti orqali arizalar 2025-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinadi. Mukofot 2019-yilda Papa Fransisk va Al-Azhar imomi tomonidan imzolangan "Insoniy birodarlik to‘g‘risidagi hujjat"ga asoslangan.
2026-yilgi hakamlar hay’ati tarkibiga quyidagilar kirdi:
- Saida Mirziyoyeva, O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari
- Ketrin Rassel, YUNISEF rahbari
- Sharl Mishel, Yevropa Kengashining sobiq rahbari
- Mussa Faki Mahamat, Afrika Ittifoqi Komissiyasining sobiq raisi
- Vatikan vakili, kardinal Joze Tolentino de Mendonsa
- Sudya Muhammad Abdelsalam, mukofot bosh kotibi
"Hakamlar hay’ati tarkibida Markaziy Osiyoning birinchi vakili bo‘lish men uchun sharaf. Biz dunyoni o‘zgartirayotgan, lekin soyada qolayotgan insonparvarlik qahramonlarini izlab topamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz," - dedi Mirziyoyeva.
Mukofot sayti orqali arizalar 2025-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinadi. Mukofot 2019-yilda Papa Fransisk va Al-Azhar imomi tomonidan imzolangan "Insoniy birodarlik to‘g‘risidagi hujjat"ga asoslangan.
Powered by Froala Editor