Saida Mirziyoyeva Papa bilan tinchlik loyihalarini muhokama qildi
Dunyo
Saida Mirziyoyeva shayx Zayd nomidagi «Inson birodarligi» mukofoti hay’ati doirasida Papa Rimligi Lev XIV bilan uchrashib, dinlararo muloqot va yangi gumanitar tashabbuslarni muhokama qildi.
Shayx Zayd nomidagi xalqaro «Inson birodarligi» mukofoti hay’ati yig‘ilishi chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Papa Rimligi Lev XIV bilan uchrashdi.
Tomonlar mukofotning madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishdagi o‘rnini muhokama qildilar. O‘zbekistonda turli diniy konfessiyalar, jumladan katoliklar, tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitida yashab kelayotgani ta’kidlandi.
Mirziyoyeva va Papa Lev XIV xalqlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash va insonparvar qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan xalqaro loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Powered by Froala Editor