Saida Mirziyoyeva Yevroittifoq Oliy vakili Kaja Kallas bilan uchrashdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaja Kallas bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqdagi ma’lumot Saida Mirziyoyeva rasmiy kanalida e’lon qilindi.
Suhbat davomida tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, Markaziy Osiyodagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdilar. Qayd etilishicha, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.
Saida Mirziyoyeva ochiq va samarali muloqot uchun Kaja Kallasga minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston–YI o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Saida Mirziyoyeva ochiq va samarali muloqot uchun Kaja Kallasga minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston–YI o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Powered by Froala Editor