Samarqand xalqaro aeroporti Yevropaning eng yirik beshta aeroporti qatoriga kirdi

Dunyo

Samarqand xalqaro aeroporti Xalqaro aeroportlar kengashining Yevropa bo‘limi reytingida Yevropadagi eng yirik beshta aeroport qatoridan joy oldi.

Samarqand xalqaro aeroporti Yevropaning eng yirik beshta aeroporti qatoriga kirdi
Oktyabr oyida Samarqand aeroporti yiliga 100 mingdan 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi mintaqaviy va kichik aeroportlar orasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi va bu 2019-yil oktabr oyiga nisbatan 139 foizga oʻsish demakdir. 10 oy yakunida u 2019-yilning shu davriga nisbatan 103,7 foizga o'sish ko'rsatib, uchinchi o'rinni egalladi.

Aeroportning aviareyslar tarmog'i kengayishda davom etmoqda va joriy yil boshidan Samarqanddan 7 ta ichki va 20 ta xalqaro yo'nalishlarga reyslar ochildi. Ular orasida Tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Mineralniye Vodi, Ufa va Samara, Urganch birinchi marta ishga tushirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing