Samarqanddagi Fransuz alyansi ochildi
O'zbekiston
Uning ochilish marosimida shaxsan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron hamda O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Fransuz alyansining Samarqand shahridagi filialiga tashrif buyurdi.
Fransuz tili va madaniyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashuvchi ushbu nohukumat notijorat tashkilot 1883-yilda Parij shahrida Jyul Vern va Lui Paster kabi o‘z davrining atoqli shaxslari tashabbusi bilan tuzilgan. Bugungi kunda Fransuz alyansining 800 dan ziyod filiali dunyoning 137 ta mamlakatida faoliyat yuritmoqda.
Alyansning O‘zbekistondagi birinchi filiali 2015-yilda Toshkentda ochilgan edi. Madaniyat va til sohasidagi ikki tomonlama almashinuvlarni yanada kengaytirish maqsadida yaqinda Samarqand shahrida yana bir filial tashkil etildi.
Tashrif chog‘ida davlat rahbarlari tasmani tantanali ravishda kesdi va markazni ochib berdi. Prezidentlar zamonaviy jihozlangan markazning imkoniyatlari bilan tanishdi. Bu yerda fransuz tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. Markaz 200 nafargacha fransuz madaniyatiga qiziquvchilarni qabul qila oladi.

Powered by Froala Editor