Samsung xorijdagi ishchilar sonini 30 foizgacha kamaytiradi
Texnologiya
Samsung kompaniyasi xorijdagi ayrim bo‘limlarida ishchilar sonini 30 foizgacha qisqartirish rejasini e'lon qildi. Ushbu qaror marketing, savdo va ma'muriy bo‘limlardagi xodimlarga taalluqli bo‘lib, joriy yil oxirigacha amalga oshirilishi kutilmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, Samsung bu qisqartirishlar orqali xorijdagi ma'muriy kadrlar sonini sezilarli darajada kamaytirishni rejalashtirgan. Xususan, janubiy va shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikadagi marketing va savdo bo‘limlaridagi xodimlarning 15 foizi, ma'muriy bo‘limlarning esa 30 foizgacha qisqartirilishi rejalashtirilgan.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Hindistondagi bo‘limlardan 1000 nafar xodim qisqartirilishi mumkin. Biroq, qaysi davlat yoki bo‘limlarning qisqartirish jarayonida ko‘proq ta’sirlanishi haqida batafsil ma'lumot berilmagan.
Samsung vakillari bu o‘zgarishlarni «odatiy jarayon» va «samaradorlikni oshirish maqsadidagi chora» deb atadi. Shuningdek, ular ishlab chiqarish bo‘limlari qisqartirishlardan ta’sirlanmasligini ta'kidlashdi.
Kompaniyada 2023 yil oxiriga kelib 267 800 nafar xodim ishlagan bo‘lib, ularning katta qismi xorijdagi filiallarda faoliyat yuritmoqda.

Powered by Froala Editor