Sardor Umurzakov Toshkentda Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
O'zbekiston
Ular birgalikda 2024-yilga mo‘ljallangan ish dasturini kelishib oldi.
O‘zbekiston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti, prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.
Bu haqda Suma Chakrabarti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi. U o‘z postiga Sardor Umurzakov bilan tushgan rasmni ilova qilgan.
"O‘tgan hafta Toshkentda yaqin do‘stim, Prezident maslahatchisi Sardor Umurzakov bilan juda yaxshi suhbatlar bo‘ldi. Sardor va men prezident huzurida bo‘lib, 2024-yilga mo‘ljallangan ish dasturimizni kelishib oldik", deya yozib qoldirdi Chakrabarti.
Eslatib o‘tamiz, 15-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qilgan edi.

Powered by Froala Editor