Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan 20 ming nafar mehnat migrantini jalb etishni rejalashtirmoqda

O'zbekiston

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan mehnat sohasidagi hamkorlikni kengaytirib, kamida 20 ming nafar mutaxassisni ishga jalb etishni ko‘zlamoqda.

Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan 20 ming nafar mehnat migrantini jalb etishni rejalashtirmoqda
Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan kamida 20 ming nafar mehnat migrantini jalb etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Botir Zohidovning Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf bin Solih al-Utaybi bilan uchrashuvi yakunida ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistonida tartibli va xavfsiz ish bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Saudiya mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan qo‘shma o‘quv markazlarini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bunday markazlar ishchilarning malakasini oshirish va ularning xorijdagi ish sharoitlariga moslashuvini tezlashtirishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing