Senat Raisi Ozarbayjon elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Siyosat
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati.
Tomonlar ikki davlat yetakchilarining qatʼiy siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladilar.
Muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasida shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi yuqori darajasidan kelib chiqib, kelgusi rejalar muhokama qilib olindi.

Powered by Froala Editor