Seulda 16-sentabr kuni ilk «Koreya — Markaziy Osiyo» sammiti bo‘lib o‘tadi
Iqtisodiyot
«Koreya — Markaziy Osiyo» birinchi sammiti 16-sentabr kuni Seulda bo‘lib o‘tadi. Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat rahbarlari bilan ilk bor davlat rahbarlari darajasidagi ko‘p tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Sammit yakunida uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini belgilovchi «Seul deklaratsiyasi»ni qabul qilish rejalashtirilmoqda.
«Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo» hamkorlik formati 2007-yildan beri amal qiladi. Bo‘lajak uchrashuv hamkorlikni ilk bor davlat rahbarlari darajasiga olib chiqadi. Seul sammitni barqaror sheriklik va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun asos sifatida ko‘rmoqda.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri muhim strategik minerallar va energetika bo‘ladi. Seul yuqori texnologiyalar uchun zarur xomashyoning barqaror ta’minotidan manfaatdor. Tomonlar infratuzilma, savdo va investitsiyalar, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, ilm-fan, suv resurslari va iqlim masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, xavfsizlik, Koreya yarimoroli va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilinadi.
Sammit oldidan Li Chje Myon mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. 14-sentabr kuni u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. 15-sentabrda Turkmaniston va Qozog‘iston, 16-sentabrda esa Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari bilan muzokaralar rejalashtirilgan. Mirziyoyev 13–16-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada bo‘lib, sammitda ishtirok etadi.
Janubiy Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, sammit doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya 13 ta idoralararo bitim va memorandum imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, Mirziyoyev Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi va hukumati rahbariyati, kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bilan uchrashadi.
Sammitdan so‘ng besh Markaziy Osiyo davlati rahbarlari va Janubiy Koreya Prezidenti biznes-sammitda qatnashadi. Unda qariyb 500 vakil ishtirok etishi kutilmoqda. Seul siyosiy muloqotni amaliy loyihalarga aylantirishni maqsad qilmoqda.

Powered by Froala Editor